Bugungi kunda sanoat rivoji to'g'ridan-to'g'ri metallurgiya va mashinasozlik sohasidagi servis xizmatlarining sifatiga bog'liq. "Metallurgiya Servis Markazi" (MSM) MCHJ ushbu yo'nalishda nafaqat xizmat ko'rsatuvchi, bali yuqori texnologik mahsulotlar yetkazib beruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Metallurgiya servis markazining eng asosiy bo'linmalaridan biri bu – Quyuv-mexanika bo'linmasidir. Ushbu bo'linma o'zining noyob ishlab chiqarish quvvati va murakkab muhandislik yechimlari bilan sanoat bozorida alohida o'ringa ega.
Bu yerda metall parchalari yuqori aniqlikdagi detallarga aylanadi. Bo'linma yiliga 1000 tonnagacha po'lat, cho'yan va rangli metallardan tayyor quyma mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Og'irligi 5 kg dan 70 tonnagacha bo'lgan mahsulotlar tayyorlanadi. Bu degani, biz ham kichik ehtiyot qismlarni, ham ulkan sanoat uskunalarini birdek sifatli quyib bera olamiz.
Quyilgan xomashyolarga yakuniy shakl berish va ularni mukammal darajaga keltirish mexanika bo'linmalarida amalga oshiriladi.
Yuqori unumdorlik: MSM tarkibidagi mexanika bo'linmalari (RMU, LMU, MU) yiliga 244 000 stanok-soat hajmidagi ishlarni bajarish quvvatiga ega.
Texnik aniqlik: Moduli m=1 dan 16 gacha bo'lgan tishli birikmalar tayyorlash. Diametri 100 mm dan 280 mm gacha, uzunligi esa 10 000 mm gacha bo'lgan prokat (pokovka) mahsulotlarini qayta ishlash.
Bizda xomashyoni quyishdan tortib, uni tayyor detal holatiga keltirishgacha bo'lgan barcha jarayonlar bitta zanjirda birlashgan.
Har bir mahsulot qat'iy nazoratdan o'tadi, bu esa og'ir sanoat sharoitida detallarning uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.
Mijoz talabiga binoan eng murakkab chizmalar asosida, nostandart o'lchamdagi detallarni ham qisqa muddatlarda tayyorlab beramiz.
Har qanday zamonaviy uskunaning ortida, eng avvalo, malakali mutaxassis turadi. "Metallurgiya Servis Markazi"ning asosiy boyligi — bu o'z ishining ustasi bo'lgan professional jamoasidir. Bizning bo'linmalarimizda ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan muhandis-konstruktorlar, tajribali quyuvchilar va yuqori razryadli tokarlar faoliyat yuritadi.
+998 90 317 30 81
+998 99 403 91 91